BALANDLIK KASALLIGI
BALANDLIK KASALLIGI – organizmning kasallik holati; siyrak havoli joylarda nafas olinganda ro’y berib, bunga asosan qonda kislorod yetishmasligi (gipoksiya) sabab bo’ladi. Juda baland yerlarga ko’tarilganda kuzatiladi. Balandlik kasalligiga ayrim a’zolarning, xususan Markaziy nerv sistemasining izdan chiqishi sabab bo’ladi. Balandlik kasalligi bir zumda ro’y berib, nafas qisishi, yurak o’ynashi, bosh aylanishi, og’rishi, ko’ngil aynishi, qayt qilish, burun qonashi va boshqa ruhiy o’zgarishlar, shuningdek og’irroq hollarda hushdan ketish mumkin. Balandlik kasalligi tog’ kasalligidan farq qiladi. Davosi. Bemorni balandlikdan tushirib, tinch qo’yiladi, yurak dorilari, issiq choy, kofe, zaruriyat bo’lsa kislorod beriladi. Balandlik kasalligining oldini olishda yuqoriga ko’tarilishni mashq qilish, kislorodli asboblardan foydalanish, eng muhimi iqlimga moslashish lozim.