BALANDLIK TAYANCH NUQTALARI

BALANDLIK TAYANCH NUQTALARI (geodeziyada) — joyda o’rni maxsus belgi — reper yoki marka bilan belgilanib, mutlaq balandligi juda aniq topiladigan nuqtalar (punktlar). Qurilishda, okean va dengiz sathi farqini aniqlashda, topografik planlarni tuzishda, yer qobig’ining ko’tarilganligi yoki pasayganligi (cho’kkanligi)ni bilish va boshqalarda qo’llaniladi.