Qism (bo’lak, bo’lim, bo’linma)

Qism (bo’lak, bo’lim, bo’linma) – 1) butun bo’linadigan alohida birlik, ulush; 2) muayyan bir butun, organizm, mexanizmning ajralmas elementi bo’lgan ob’yek; 3) alohida xonaning boshqalardan alohidalangan yoki ajratilgan qismi (kema, samolyot va boshqalarda). Masalan: chiqindilar quvurinng havo tortish qismi, binoning yuqori qismi, konussimon o’tish qismi, yer ustki qismi, tayanch qism, inshootning yer ostki qismi, ko’prikning naqliyot harakati qismi, ko’chaning qatnov qismi, quvurning shakldor qismi, bino qismi, issiqlik ta’siriga oid bo’linma va hokazolar.