Masofa (oraliq)
Masofa (oraliq) – keng ma’noda, ob’yektlarning bir-biridan uzoqligi darajasi (o’lchovi). Masofa geometriyaning asosiy tushunchasidir. Bu atama ko’pincha boshqa fan va yo’nalishlarda ham qo’llaniladi: astronomiya, geografiya, geodeziya, navigatsiya va boshqalar. Masalan: tirqish oralig’i, imoratlar orasidagi masofa, devorlar oralig’i, o’zak qatorlari oralig’i, ustunlar oralig’i, fermlar oralig’i, o’qlar orasidagi masofa va hokazolar.