Mix

Mix – 1) bitta uchi o’tkir va ikkinchi uchi qalpoqchaga ega bo’lgan sterjen bo’lib, temirdan tayyorlanadi; 2) ikki narsani bir-biriga yopishtirish, qoqish, ulash uchun ishlatiladigan uchi ingichka, qalpoqli buyum. Metall yoki yog’ochdan yasaladi, qisman bezak sifatida ishlatiladi. Masalan: tunuka mix, gulqog’oz mixi, oddiy mix, simdan yasalgan mix, keng qalpoqli mix va hokazolar.