Obsidian

Obsidian – vulqon otilishidan hosil bo’lgan shishasimon tog’ jinsi. Shisha-tolali jinslarning boshqa turlaridan farqli o’laroq obsidiandagi suv miqdori vazn bo’yicha 1% dan oshirmaydi. Faqat oksidli tarkibidagi (SiO2-69-73%) obsidian sanoat sohasida keng qo’llaniladi. Obsidianning so’ndirilgan ohak bilan uyg’unlashgan kukunining suv ostida qotish xususiyati tufayli uni gidravlik qo’shimcha sifatida portlandtsement ishlab chiqarish uchun qo’llashadi. Obsidian, shuningdek, ohakka qo’shiladigan qo’shimcha va qora shisha tayyorlashda xom ashyo hamda termoizolyatsiyalovchi material sifatida qo’llaniladi.