Obod
Obod – reja bo’yicha tartiblangan yer uchastkasi. O’zbekiston toponimikasida ko’p uchraydi. Amir Temurning Samarqand janubidagi katta bog’i Davlatobod, Alisher Navoiy Hirot chekkasida tashkil etgan me’moriy mavze Ne’matobod nomi bilan mashhur bo’lgan.