Saroy (koshona)

Saroy (koshona) – 1) hashamatli ulkan bino; 2) xon, podsho amirlar qarorgohi, qasr. Dastlab hukmdorlarning qarorgohi tarzda, keyinchalik saroy ahli yashaydigan joy sifatida qurilib, turli maqsadlarga xizmat qiladigan ko’plab xonalar, bir necha hovlilardan iborat bo’lgan. Shahrisabzda Amir Temur qurdirgan Oqsaroyning peshtoqi qisman saqlanib qolgan. Buxoro Arki, Xivadagi Ko’hna Ark, Tosh hovli, Qo’qon O’rdasi Markaziy Osiyo xonlarining XVII-XIV-asrlarga xos saroylarining saqlanib qolgan namunalaridir.

Fikr bildirish