Oqova suvlarni biologik tozalash
Oqova suvlarni biologik tozalash – mikroorganizmlar rivojlanish uchun oqava suvda mavjud bo’lgan organik moddalarni parchalash xususiyatiga asoslanadi. Sanoat va kommunal-maishiy oqovalarni, tirik organizmlarning yemirish va mavjud bo’lgan organik moddalarni ma’danilashtirish xususiyatlariga asoslangan tozalash usuli. Tozalash inshootlarida mustaqil yoki mexanik, jismoniy, kimyoviy va oqova suvlarni boshqa tozalash ko’rinishlarida majmuaviy ravishda ishlatiladi. Oqova suvlarni boshqa tozalash jarayonida aerotenklar, biologik hovuzlar, biosuzgichlar, metatenklar, sug’orish maydonlari va boshqalar qo’llaniladi.