Panelning asosiy qatlamlari

Panelning asosiy qatlamlari – panel qalinligi bo’yicha uning tashqi tomonidagi dekorativ yoki himoya-dekorativ va ichki tomonidagi pardoz qatlamlaridan tashqari barcha, shu jumladan, issiqlik izolyatsiyalovchi va tashqi ekran, o’ramli yoki pardali material va havo oraliq qatlamlaridan tashkil topgan qatlamlar.