Penoshisha
Penoshisha – maydalangan shisha kukuni va ko’pik hosil qilgichni birgalikda pishirish yo’li olinuvchi yacheykali (g’ovakli) qurilish materiali. Undan binolar tashqi tomonini bezash, devorlarni isitish uchun foydalanishadi, shuningdek, uni quvuro’tkazgichlar, sig’imlar, sovutkichlarni izolyatsiyalovchi qoplama sifatida ham qo’llash mumkin. O’zaro bog’langan g’ovaklarga ega bo’lgan penoshishadan tovush yutuvchi material sifatida foydalanilsa, yopiq g’ovaklarga ega bo’lgan penoshishadan esa issiqlik izolyatsiyalovchi material sifatida foydalanishadi.