Slanets (slants, slantslar)

Slanets (slants, slantslar) – tarkibidagi minerallari oriyentirlangan holda joylashgan va yupqa plastinkalarga parchalanish qobiliyatiga ega bo’lgan tog’ jinslari. Tarkibiga ko’ra slantslar gilli, qum-gilli, xloritli, talkli, slyudali va hokazolarga bo’linadi. Slantslar to’q kulrang, qora, qizil-qo’ng’ir ranglarda uchraydi. Ularning o’rtacha zichligi 2600-2900 kg/m3 ni, siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 50-200 MPa ni va g’ovakdorligi 0.4-3% ni tashkil etadi. Kristalli slantslardan qurilishda foydalaniladi, shuningdek, ular dinas olish uchun xom-ashyo sifatida xizmat qiladi. Slantslar-abrazivlar (granatli, sillimanitli slantslar) va hokazolarni chiqarish uchun material. Grafitli slantslar-qimmatbaho grafitli xom ashyo hisoblanadi. Yonuvchi slantslar, asosan, gaz va neftli smolani haydashda xom ashyo, shuningdek, qattiq yoqilg’i sifatida xizmat qiladi.