Sulfatbardoshli portlandtsement

Sulfatbardoshli portlandtsement – normalanuvchi mineralogik tarkibli portlandtsement klinkeri va gipsni (SO3 bo’yicha 3,5% gacha) qo’shib maydalash yo’li bilan olinadigan gidravlik bog’lovchi modda. Undan sulfatli agressiv muhit, o’zgaruvchan namlanish va qurish, muzlash va erish sharoitlarida ekspluatatsiya qilinadigan beton va temir-beton konstruksiyalarni tayyorlashda, gidrotexnik qurilishida foydalaniladi.