BAN GU
BAN GU (laqabi — Ban Mentszyan) [32, Anlin shahri (Shensi viloyati) — 92] — Xitoy tarixchisi, «Syan Xan shu» («ilk Xan sulolasi tarixi») ning asosiy mualliflaridan biri. Xan imperiyasida yirik lavozimlarda ishlagan o’qimishli amaldorlar oilasidan. 58 yil otasi Ban Byao tasnif eta boshlagan «ilk Xan sulolasi tarixi»ning davomini yozishga kirishgan. Imperator mindining topshirig’iga binoan tarixga oid bir necha risolalar (xajmi 28 bob) yozgan. 82 yil «Ilk Xan sulolasi tarixi»ni yozib tugatgan. Asarda Qadimgi Xitoy va Markaziy Osiyo tarixi, xo’jaligi va madaniyati haqida turli ma’lumotlar bor. 92 yil Xan imperiyasi lashkarboshisi Dou Syanning yaqin yordamchilaridan biri sifatida Ban gu hunnularga qarshi yurishda qatnashgan. Yurish muvaffaqiyatsiz chiqqach, amaldan tushirilgan va zindonga tashlangan (o’sha yerda vafot etgan).