Uch qatlamli panel
Uch qatlamli panel – uchta asosiy qatlamga ega bo’lgan panel. Yaxlit kesimli uch qatlamli panel armaturalangan betonli qatlam va issiqlik izolyatsiyalovchi qatlamdan tashkil topgan ichki va tashqi qatlamlardan iborat bo’lib, issiqlik izolyatsiyalovchi qatlamlar betonli qatlamlar orasiga joylashtiriladi. Ekranli uch qatlamli panel ichki armaturalangan betonli qatlam, issiqlik izolyatsiyalovchi qatlam va tashqi ekranga ega bo’ladi.