Elektroboylar

Elektroboylar – elektr isitish yupqa past haroratli panelli priborlari bo’lib, ular asosan oboylar ko’rinishida devorlarga mahkamlanadi. Shuningdek, ular isituvchi gilamlar sifatida ham qo’llaniladi. Elektroboylar nurgilamlar tipidagi isitish priborlari qatoriga kiradi. Ular issiqlik o’tkazuvchi massaga biriktirilgan va elektr izolyatsiyalovchi qoplamalar bilan o’ralgan isitish elementlariga ega bo’lgan rezinali yoki plastmassali listlar ko’rinishida tayyorlanadi.