BARGXO’RLAR

BARGXO’RLAR, bargxo’r qo’ng’izlar (Chrysomelidae) — qo’ng’izlar turkumiga mansub hasharotlar oilasi. Uzunligi 1 millimetrdan 35 millimetrgacha, mo’ylovlari kalta, rangi yaltiroq. Qurtlari uzunchoq, erkin yashovchi, oyoqlari yaxshi taraqqiy etgan. Bargxo’rlar o’simliklarga katta ziyon keltiradi. Qo’ng’iz va qurtlari o’simlik bargini kemirib oziqlanadi. 50 mingdan ko’proq turi mavjud. O’rta Osiyo va MDH mamlakatlarida 2000 ga, O’zbekistonda 240 ga yaqin turi tarqalgan. Kolorado qo’ng’izi (Zeptinotarsa desem lineata) kartoshkaga, terak bargxo’ri (Agelestica alni) terakka, qizilko’krak pyavinza (Ouloma melanopus) g’alla ekinlariga katta ziyon yetkazadi. Qarshi kurash choralari xlororganik va fosfororganik birikmalarni purkashdan iborat.