BARDAA
BARDAA (Arabcha — egar; Armancha — partav) — Ozarbayjon Respublikasidagi shahar (1948 yildan). Qorabog’ tekisligidagi ter-ter daryosi bo’yida. Evlax temir yo’l stantsiyasidan 26 kilometr Janubda. Evlax — Ag’dam avtomobil yo’li yoqasida. Aholisi 31,6 ming (1991). Paxta tozalash, yog’sir va temir-beton buyumlari zavodlari, tikuvchilik fabrikasi bor. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Aftidan milodiy 4-asrda xam mavjud bo’lgan. 5-asrda bir muncha vaqt Perozapat (ehtimol sosoniy shohlaridan Peroz yoxud Feruz nomidan olingan bo’lsa kerak) deb atalib Kavkaz Albaniyasining poytaxti bo’lgan. 6-asr o’rtasida ko’chmanchilarning tez-tez hujumlari natijasida alban katolikoslarining qarorgohi o’rta asr Chol shahridan Bardaga ko’chirilgan. 8 – asr boshida butun Albaniya kabi Bardani ham arablar fath qilgan. Hosildor tekislikda, Sharq karvon yo’llari kesishgan joyda joylashgan Barda yirik savdo-hunarmandchilik shahriga aylangan. Bardaning mudofaa devori, xandaqi, tosh ko’priklari, timlari bo’lgan. 10-asrda saluriylar, so’ngra shimoldan kelgan ruslar tomonidan egallangan. Harbiy harakatlar natijasida tanazzulga yuz tutgan. 13-asr 1-yarmida mo’g’ullar istilosidan so’ng qishloqqa aylangan. Barda shaxar xarobasi — Ozarbayjondagi g’oz. Barda shdan bir necha km masofada joylashgan. Bardada naxichevanlik me’mor Ahmad tomonidan 1322 yil qurilgan g’ishtin maqbara (diametri 10 metr, balandligi 14 metr) saqlanib qolgan.