BARIY OKSID
BARIY OKSID, Vao – bariyning kislorod bilan birikmasi, kubik panjarali rangsiz kristall modda. Zichligi 5700 kg/m3. 23° da va yuqori bosimda tetragonal modifikatsiyaga aylanadi. Suyuqlanish temperaturasi 2017°; qizdirilganda uchish xususiyati bor. Sut kislota va karbonat angidrid bilan oson reaktsiyaga kirishadi. Bariy karbonatni 700 — 900° da yoki bariy peroksidni 500 — 600° da termik parchalash yo’li bilan olinadi. Bariy oksid 500° atrofida kislorodli muhitda qizdirilganda bariy peroksid (VaO2)ga aylanadi. 500° dan yuqori temperatuada esa parchalanib kislorod ajratib chiqaradi, sulfat kislota ta’sirida vodorod peroksid (N2O2) hosil qiladi.