BARIK MAYDON
BARIK MAYDON (meteorologiyada) — havo bosimining atmosferada taqsimlanishi. Asosiy kattaligi barik gradienti. Bu gradient ATM. bosimining fazoda o’zgarish darajasini ifodalovchi vektor. Fizik ma’nosi jihatdan u hajm birligidagi havo massasiga ta’sir etuvchi kuchlar yig’indisiga teng.