BARIT

BARIT (Yunoncha bans — og’ir) — og’ir shpat, sulfatlar sinfiga mansub mineral. Kimyoviy formulasi BaSO4. Rombik singoniyada kristallanadi. Rangsiz yoki oq, bir oz yashil yoki qizil rang aralashgan bo’ladi. Qattiqligi 3,5 — 3,8, mo’rt. Sof og’irligi 4,5. Odatda yirik kristalli massa hamda zich donador agregatlar ko’rinishida uchraydi. Shishasimon yaltiroq. Baritning yirik konlari Gruziya, Qozog’iston, Turkmaniston, – shuningdek Rossiya (Ural, Oltoy), Ukraina (Zakarpate, Donbass) da bor. O’zbekistonning Nurota, Chatqol-Qurama tog’larida topilgan. Barit parmalash ishlari, tibbiyot, rezina va qog’oz ishlab chiqarish, pirotexnika, ko’nchilikda, oziq-ovqat sanoati, kulolchilik, oq bo’yoq tayyorlashda ishlatiladi.