BARMOQ

BARMOQ — qadimgi uzunlik o’lchov birligi (18-asr); O’rta Osiyoda ishlatilgan. O’rta barmoqning o’rta bo’g’ini eniga teng uzunlik. 1 Barmoq 2,078+2,28 santimetrga teng; uni yaxlitlab, 2,25 ga teng deb qabul qilish mumkin. Ba’zi adabiyotlarda ango’sht va asba (Barmoq kengligi) ko’rinishida ham uchraydi.