BARORETSEPTORLAR
BARORETSEPTORLAR (Baro… va retseptorlar), mexanoretseptorlar, pressoretseptorlar—qontomirlarining devorlaridagi sezuv nervi oxirlari. Tomirlar devori cho’zilganda Baroretseptorlar qo’zg’aladi va qon bosimi, hajmi o’zgarishlarini sezib, ularni refleks yo’li bilan boshqaradi. Baroretseptorlar hamma tomirlarda, refleksogen zonalar (yurak, aorta, o’pka va boshqalar) da esa ko’proq bo’ladi. Qon bosimi ko’tarilganda Markaziy nerv sistemasiga impulslar yuborib, tomirlar tonusini kamaytiradi, parasimpatik nerv sistemasining markazlarini qo’zg’atadi, natijada qon bosimi pasayadi. Qon bosimi uzoq vaqt mobaynida tez-tez ko’tarila bersa, unga Baroretseptorlar moslashib qoladi (fiziologik adaptasiya), bu esa gipertoniya kasalligining sabablaridan biri bo’lib qolishi mumkin.