BAROT

BAROT (Arabcha — maktub, podshoh yoki xon guvohnomasi) — podshoh, Sulton, xon tomonidan soliq yoki jarimadan ozod etish; yerga vaqtincha yoki to’la egalik qilish huquqini beruvchi yorliq. Ma’lum shart bilan biron mansabni egallash, xalqdan soliq to’plash, u yoki bu kishidan ma’lum hajmdagi pulni olish va boshqalar uchun hukmdor devoni tomonidan berilgan maxsus yorliq, guvohnoma. Yorliq egasi barotdor deb atalgan. Barot podshoh, xonning tug’rosi (gerb, davlat nishonasi) va muhri bilan tasdiqlangan.