BENGAL (BANGOL) OLOVI
BENGAL (BANGOL) OLOVI – bariy nitrat (oksidlovchi), kukun holdagi alyuminiy yoki magniy (yoqilg’i), dekstran yoki kraxmal (tsementator) va temir yo po’lat qipig’idan tuzilgan pirotexnik aralashma. U temir sim bo’laklariga surilib, Bengal shamlari yasaladi. Bengal olovi yoqilganda sekin yonib, chaqnovchi ravshan uchqunlar (havoda yonib bo’ladigan metall zarrachalari) sochadi. Qog’oz gilzalarga to’ldirib tayyorlangan Bengal olovi mushakbozlikda, bayram tantanalarida va signalizatsiyada ishlatiladi.