BENZANTRON BO’YOQLAR

BENZANTRON BO’YOQLAR — benzantron asosida olinadigan bo’yoqlar. Benzantron molekulasi to’rtta kondensatlangan olti a’zolik halqali birikmadan iborat bo’lib, uning o’zi bo’yash xossasiga ega emas. Benzantron bo’yoqlar ikki molekula benzantronni kondensatlab, to’rtta vodorod atomi ajratish va ikkita uglerod — uglerod bog’li birikma hosil qilish yo’li bilan olinadi. Kondensatsiya sharoitiga karab violantron yoki izoviolantron hosil bo’ladi. Ikkala birikma o’zining pishikligi, turli jilosi va ranglarining tiniqligi bilan ajralib turadi. Bularning ba’zi birlari pigment sifatida ham ishlatiladi.