BENLAT

BENLAT, fundazol — o’simliklarni zamburug’li kasalliklardan himoya qilishda ishlatiladigan kimyoviy preparat (singib ta’sir etuvchi fungisid). Bir oz qo’lansa hidli oq kristall modda, suvda va yog’larda erimaydi. 50% li qo’llanuvchan kukun holida ishlab chiqariladi. Qand lavlagi, bodring, pomidor, bug’doy, olma, nok, tok va boshqalarning unshudring, antraknoz, askoxitoz, kalmaraz va boshqa kasalliklariga qarshi kurashda 0,5—0,8 kilogramm/gektar miqdorda suspenziyasi purkaladi.