Aborigen g’o’za nimani anglatishini bilasizmi

Aborigen g’o’za nimani anglatishini bilasizmi – (lotincha aborigine – avvaldan) g’o’zaning cheklangan hududda o’sadigan tur, xil va formalari. Meksikaning shimoli-g’arbida o’sadigan davidzon g’o’zasi, Galapagos orolining unumsiz toshloq zonalarida o’sadigan klossh g’o’zasi, faqat Braziliya tog’larida uchraydigan mustelinum g’o’zasi aborigen g’o’za turlariga kiradi. Barcha yovvoyi aborigen g’o’za turlari qimmatli genetik material bo’lib, qator foydali xo’jalik xususiyatlariga ega (qurg’oqchilikka, sho’rga, past temperaturaga chidamli va hokazolar), shuning uchun ulardan genetika, seleksiya ishlari amaliyotida keng foydalaniladi..

Fikr bildirish