BERDIYEV EGAMQUL

BERDIYEV EGAMQUL (1947.1.4, Bo’ka tumani) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (1995). Toshkent pedagogika institutining tabiiyot geografiya fakultetini tugatgan (1972). 1965-78 yillarda Bo’ka tumanidagi maktablarda bosh yetakchi, biologiya o’qituvchisi, maktab direktori o’rinbosari, 1978 yildan 16-maktab direktori. Berdiyev o’z ish faoliyati davrida o’quvchilarni yangi pedagogik texnologiya tamoyillari asosida o’qitilishiga erishmoqda. Uning tashabbusi bilan maktabda tuman xalq ta’limi taraqqiyoti haqida hikoya qiluvchi muzey ochilgan; unda 700 ga yaqin eksponat aks ettirilgan.