BERDI BAXSHI

BERDI BAXSHI (Berdiyor Pirimqul o’g’li) (?—?)—o’zbek xalq dostonchisi. 19-asrning 2-yarmi va 20-asrning 30-yillarida Toshkent viloyati Piskent tumani Evalak qishlog’ida yashab o’tgan. Undan birgina «Alpomish» dostoni 1926 yilda yozib olingan (O’zbekiston Fanlar Akademiyasi adabiyot institutida saqlanadi). Bu doston mazmuni va syujeti yo’nalishi jihatidan boshqa variantlarga o’xshasada, badiiy shakli jihatidan ishqiyromantik dostonlarga yaqin turadi. Dostonchi uslubida chiroyli tasvirlar va lirizmga, xalq qo’shiqklari va o’lanlari she’riy bezaklariga, samimiy yumor va ko’zizmga o’ta moyillik sezilib turadi. Bu hol o’tmishda Ohangaron va Piskent atroflarida o’ziga xos dostonchilik maktabi bo’lganligini tasdiqlaydi. Ad.: Alpomish [so’z boshi va izohlar bilan nashrga tayyorlovchi T. Mirzayev], T., 1969.