BERLIN OPERATSIYASI
BERLIN OPERATSIYASI— 2-jahon urushi davrida amalga oshirilgan eng yirik harbiy operatsiyalardan biri (1945 yil 16.4.-8.5). 1-va 2-Belorussiya va 1-Ukraina (qo’mondonlar — G. K. Jukov, K. K. Rokossovskiy, I. S. Konev) frontlari qo’shinlari nemis qo’shinlarining Oder, Neyse daryolari bo’ylari va Zelov tepaliklaridagi mudofaasini yorib o’tib. dushmanning Berlin va Berlinning Jan.sharqrog’idagi yirik guruhlarini qurshab oldi, so’ng qattiq janglarda ularni yo’q qildi. Sobiq Ittifoq qo’shinlari 30 aprelda shturm bilan reyxstagni egalladi; 2 mayda Berlin garnizonining omon qolgan qismi taslim bo’ldi. 8 mayda Germaniya qo’mondonligi vakillari Berlinda fashistlar Germaniyasi qurolli kuchlarining so’zsiz taslim bo’lgani xususidagi hujjatni imzoladi.