BEROS

BEROS (Yunoncha, bobilcha Belrushu) (miloddan avvalgi taxminan 350-280) — bobillik tarixchi, ma’bud Marduk ibodatxonasi kohini. Bobildagi harbiy harakatlar munosabati bilan Yunonistonga qochib borib. Kos orolida astrologiya maktabi ochgan. Vataniga qaytgach, mahalliy rivoyatlar va tarixiy an’analar asosida podsho Antiox I ga atab yunon tilida Bobil tarixini yozgan. Beros asarlari bizning davrimizgacha yetib kelmagan. Asarning (ko’p holda faktlar buzib ko’rsatilgan) ayrim parchalari antik va Vizantiya tarixchilari asarlaridan joy olgan.