Abakan shahri haqida eshitganmisiz?
Abakan shahri haqida eshitganmisiz? – RSFSR Krasnoyarsk o’lkasi, Xakasiya Avtonom oblastida. Yenisey daryosining chap irmog’i ham shu nom bilan ataladi. 1931 yilgacha Abakan shahari Ust-Abakanskaya deb nomlangan. Shahar Abakan daryosi bo’yida joylashgan. U daryo nomi bilan yuritilgan. Abakan toponimi xalq orasida xakascha Aba “ayniq” va Kan “qon” “ayiq qoni” deb izohlanadi. Ammo bu nomning tashqi ko’rinishiga ko’ra o’ylab topilgandir. E.M.Murzayev nomning ikkinchi qismi Kan koreys tilida “daryo” ma’nosiga ega ekanligini aytadi. Nomning birinchi qismi etimologiyasi noma’lum. Ammo Aba so’zi Markaziy Osiyoda ko’chmanchilar qabilasining nomi sifatida saqlangan. Shunday ekan, Abakan “Aba qabilasi daryosi” deb izohlash mumkin. V.A.Nikonov Abakanni oltoy tillaridagi O’pqon “to’lqin, suv o’pqoni” bilan bog’laydi. Krasnodar o’lkasidagi dasht va Abakan tizmasi ham shu daryo nomi bilan aloqador.


