Abdubiy qishlog’i haqida eshitganmisiz?
Abdubiy qishlog’i haqida eshitganmisiz? – Andijon oblasti, Moskva rayonida. Abdubiy toponim ikki elementdan tuzilgan. Abdu yoki Abdulla kishi nomi va biy qadimgi xonlikdagi mansablardan biri. Xonning mansabdorlariga qaragan va ularga soliq to’laydigan joylar ko’pincha shu nom bilan yuritilgan. Masalan: Xorazmda Do’simboy qishlog’i, QQASSRdagi Xolimbek kabi joylar ham shunday vujudga kelgan.


