Bo’zsuv kanali haqida eshitganmisiz?

Bo’zsuv kanali haqida eshitganmisiz? – Toshkent oblastida. Chirchiqdan chiqqan kanal. Toponimni ba’zilar “buzoq suvi” deb izohlaydilar. S.Qorayev, Bo’zsuv rangiga ko’ra shunday nom olgan degan fikrni bildiradi. H.Hasanov, “axir, sarg’ishloyqa rangdagi suv faqat bo’zsuvga xos emas, boshqa ariqlar ham loyqa-ku. Demak, Bo’zsuv loyqaligi uchun bu nomni olmagan, balki bu “yangi” so’zi bilan bog’liq “yangi ariq, yangi ochilgan suv” degan ma’nodadir” deb yozadi. Ko’pincha kanal yoki ariq nomlari o’zi quyiladigan yoki oqib boradigan qishloq nomi bilan ataladi. Bo’zsuv “bo’z-ishlanmagan, qo’riq yerga boradigan suv” degan ma’nodadir.

Fikr bildirish