Gurlan qishlog’i haqida eshitganmisiz?

Gurlan qishlog’i haqida eshitganmisiz? – Xorazm oblastida, Gurlan rayon markazi. Toponimning kelib chiqishi haqida turli fikrlar bor. Ba’zilar shunday izohlaydi: “Bu yerga eng oldin ko’r va lang (cho’loq) kishi kelgan emish. Asta-sekin ular daraxt o’tqazib, ekin ekib, atrofni obod etgan. Keyinchalik odamlar ko’chib kelib, bu yerni ko’r va lang kishi sharafiga Ko’rlang yoki Gurlang deb atagan emish. Ba’zilarning firkicha bu yer gurkirab yashnab ketsin deb Gurlan deb atalgan. Ammo, bu izohlarning hammasi “xalq afsonalari” asosida vujudga kelgan. Toponim mo’g’ulcha Kurelen, Kuren “qo’ra, atrofi o’ralgan qishloq” so’zi asosida vujudga kelgan.

Fikr bildirish