Zarband qishlog’i haqida eshitganmisiz?

Zarband qishlog’i haqida eshitganmisiz? – Samarqand oblastining Xatirchi rayonida. Toponim zar yoki zir old qo’shimchasi band “to’g’on inshoot” elementlari orqali yasalgan. Zarband “to’g’on pastidagi qishloq” degan ma’noni bildiradi. Umuman, zar qo’shimchasi toponimiyada ko’p ishlatiladi. Samarqand oblastidagi Zargar tog’ining nomi ham shu qo’shimcha bilan bog’liqdir. Ya’ni, Zargar ikki komponentdan tuzilgan bo’lib, nomning ikkinchi qismi gar yoki g’or “tog’” degan ma’noni bildiradi. G’alcha yoki g’archi “tog’lik” demakdir. Shunday ekan, Zargar “quyidagi, pastdagi tog’” demak.

Fikr bildirish