Zirishayton qishlog’i haqida eshitganmisiz?

Zirishayton qishlog’i haqida eshitganmisiz? – Xorazm oblastining Xiva rayonida. Toponimning etimologiyasi haqida turli fikrlar bor. Xalq uni “shayton” so’zi bilan bog’laydi. Ba’zilar toponimni zirg’ “piyoz” bilan aloqador deb hisoblasa, ba’zi tadqiqotchilar Zirhi shahidon “shahidlar qalqoni” deb izohlaydilar. Toponi zir old qo’shimchasi yordamida yasalgan. Nomning ikkinchi komponenti haqiqatan ham shayton emas, shahidon, ya’ni shahidlar yoki “mozor” demakdir. Binobarin, toponimni “quyi mozor, mozordan quyidagi” qishloq deb izohlash mumkin.

Fikr bildirish