Sherobod qishlog’i haqida eshitganmisiz?

Sherobod qishlog’i haqida eshitganmisiz? – Xorazm oblasti Yangiariq rayonidagi qishloq. Bu nomning etimologiyasi shu qishloqda yashovchi kishilar tomonidan quyidagicha talqin qilinadi: qishloqda Sher yoki Shermat ismli boy bo’lgan. U qishloqqa suv keltirgan, dehqonchilik qilib bu yerni obod qilgan. Shu boisdan qishloq Sherobod deb ataladi. Ammo mahalliy alq tilida toponim Shorobod, Shorvot formalarida qo’llaniladi. Garchi shunday ekan, bu nomning ikkinchi qismi obod emas, Ravod yoki Rabotdir. Shunday qilib bu qishloq nomi ikki so’zdan tashkil topgan – Sho (X) – rabot. Sho so’zi “podshoh” ma’nosidan tashqari, “katta, asosiy, bosh” kabi ma’nolarda ham qo’llaniladi. Toponimning asli Shorabot bo’lib “bosh bekat, katta karvon saroy” ma’nosidadir. Surxondaryo oblastidagi Sherobod toponimi ham shunday yasalgan.

Fikr bildirish