Yangiariq markanzi haqida eshitganmisiz?

Yangiariq markanzi haqida eshitganmisiz? – Xorazm oblastida, rayon markazi. Ko’pchilik bu nomning yangi qazilgan ariq ma’nosida ekanligiga shubha qilmaydi. Ammo toponimning ariq, kanal so’ziga hech qanday aloqasi yo’q. Chunki Xorazmda bu ma’noda yop, arna, solma so’zlari qo’llaniladi. Aslida Yangiariq toponimning ikkinchi qismi “ark” so’zi bilan bog’liqdir. Bu so’z “Boburnoma”da podshoh o’rdasi, V.V.Radlovning lug’atida “qal’a” ma’nosida ekanligini, uning doimo baland joyda o’rnashib, hukmdor saroyi shu yerda bo’lganligi qayd qilinadi. Xorazm shevalarida ark “xon saroyi, saroy” ma’nosida qo’llanilgan. Yangiariq bilan Xiva oralig’ida Ariq, Angariq, Olma otishgan qishloqlari bor. Bu joylarda xon katta sayillar, yig’inlar o’tkazgan va ma’lum darajda xonning maxsus joyi vazifasini o’tagan. Shunday ekan, ark so’zining dacha, rezidentsiya ma’nosi ham bor. Yangiariq xonning “yangi jori, dachasi” ma’nosidadir. Oldingi saroydan, arkdan farq qilish maqsadida xalq uni Yangi deb atagan. Toponimikada bunday hodisalar ko’p uchraydi. Qiyos qiling: Eski shahar, Yangi shahar, Eski ko’prik, Yangi ko’prik, Yangiq shevalarida Yangioriq (yango-yangi).

Fikr bildirish