Qurbanoq qishlog’i haqida eshitganmisiz?

Qurbanoq qishlog’i haqida eshitganmisiz? – Qoraqalpog’iston ASSRning Xo’jayli rayonida. Toponim etnik nom asosida vujudga kelgan. Qurbanoq o’zbeklarning o’z tarixiga ega bo’lgan, lekin uncha katta bo’lmagan urug’i. Arab istilochilari Orol dengizi sohillari, shu jumladan, qadimiy Xorazm yerlarini bosib olganlaridan so’ng, ular istilochilik siyosatini mustahkamlash maqsadida bu yerdagi urug’larga xo’jalarni bosh qilib qo’yadilar. Shunda yerli aholi xo’jalarga bo’ysunmay, ularga qarshilik ko’rsatadilar, ularning buyruqlarini bajarishdan bosh tortadilar. Ular to’qnashuvlar paytida ko’pgina qurbonlar beradi. Ana shundan “xo’ja suymas qurbanoq” deb nom olganlar.

Fikr bildirish