G’archiston nomi haqida eshitganmisiz?

G’archiston nomi haqida eshitganmisiz? – Murg’ab va Zarafshon daryolarining yuqori tomoni shunday deb atalgan. E.Murzayev bu nomni “tog’lar o’lkasi, tog’li o’lka” deb izohladyi. So’g’dcha g’ar “tog’” ma’nosida. O’zbekistonda bir necha qishloq shu nom bilan atalgan. Jumladan, Samarqand G’archistoni, G’alchabuloq kabi nomlar adabiyotlarda qayd etilgan. Bu nom ikki komponentdan g’archi yoki g’alchi va –ston (o’rin bildiruvchi qo’shimcha) shaklida yasalgagan, V.V.Bartoldning yozishicha g’alcha so’zi “tog’lik, tog’da yashovchi” degan ma’mnoni beradi. Shunday ekan, G’archiston toponimi “tog’lar o’lkasi” emas, “tog’liklar yashaydigan joy”, ya’ni G’alchi –stondir.

Fikr bildirish