Hazora qishlog’i haqida eshitganmisiz?

Hazora qishlog’i haqida eshitganmisiz? – Buxoro oblasti Navoiy rayonida. Toponimning kelib chiqishi haqida turli fikrlar bor. Ayrim tadqiqotchilar bu so’zni hazor “ming” so’zi bilan aloqador bo’lsa kerak deb taxmin qiladi. S.Qorayev nomni ijtimoiy termin deb izohlaydi va shunday yozadi: “O’rta asrlrda 50 ming tanob yer Buxoroda Hazora deyilgan, chunki ana shu yerlardan olingan daromad bilan ming kishilik qo’shin oziq-ovqat bilan ta’minlanib turishi lozim bo’lgan”. Ammo Hazora nomli qabila ham bor. Tarixiy ma’lumotlarga qaraganda ular asli mo’g’ullar bilan bog’liq. Ular Chingiz lashkarlari sostavida bo’lgan.

Fikr bildirish