«BESHINCHI KOLONNA»

«BESHINCHI KOLONNA» — Ispaniya Respublikasida 1936-39 yillardagi urush davrida general Franko agenturasining nomi. Fashist isyonchilarning 4 kolonnasi Madridga hujum qilayotgan vaqtda ular shahar ichkarisida beshinchi kolonna bo’lib jangga kirishgan, «Beshinchi kolonna» atamasi shundan kelib chiqqan, 2-jahon urushi davrida «Beshinchi kolonna» turli mamlakatlardagi fashistlar agenturasining shartli nomi.