Sho’r yerlar melioratsiyasi nimani anglatishini bilasizmi
Sho’r yerlar melioratsiyasi nimani anglatishini bilasizmi – tuproqning o’simlik ildizi tarqaladigan qatlamidan qishloq xo’jaligi ekinlari hosili va sifatini pasaytiruvchi suvda eriydigan ortiqcha zararli (zaharli) tuzlarni chiqarib tashlash jarayoni. Sug’oriladigan dehqonchilik mintaqalarida sho’r yerlar melioratsiyasi juda katta xo’jalik ahamiyatga ega, chunki qishloq xo’jaligida foydalanilayotgan yerlarning qariyb 60-65% u yoki bu darajada sho’rlangan, faqat O’zbekistonning o’zida turli darajada sho’rlangan yerlar maydoni 2,4 million gektar (66,7%) dan ortiq. Meliorativ tadbirlar majmui sho’r yuvishda suvni juda kam sarflangan holda tuproqdagi o’simlik uchun zarur oziq moddalar va ularning rivojlanishi uchun qulay tuproq va suvning fizik xossalarini saqlashda eng yuqori samarani ta’minlash kerak.


