BESHNOV

BESHNOV — Hisor tog’ tizmasining tarmoqdaridan biri. Janubda va g’arbda Qizildaryo, sharqda Tanxozdaryo oralig’ida joylashgan. Uzunligi qariyb 28— 30 kilometr. Eng baland joyi 3446 metr (Churchiq tog’i). Suvayirg’ich qismining balandligi 2600-3000 metr. Shimol yon bag’ri ancha tik va soylar bilan o’yilgan, Janub esa Qizildaryo vodiysiga asta-sekin pasayib boradi va nisbatan kamroq o’yilgan. Beshnov tokembriy va quyi paleozoyning metamorfik slanes hamda giltosh qatlamlaridan tuzilgan. Suvayirg’ich qismida o’tkir qirrali, qoyali cho’qqilar (Arratosh, maskara, Chakmonkuydi) bor. Soylarning aksariyati buloqlardan boshlanadi. Bahor va yozning birinchi yarmida to’lib oqadi. Quyi yon bag’irlarining tuprog’i jigarrang. Yong’oq, do’lana, na’matak, zirk, uchqat o’sadi. 2200 metrdan yuqorida archazorlar bor. Yaylov mintaqasi (subalp va Alp zonalari)da yovvoyi suli, mushukquyruq, betaga, qoqio’t, binafsha, yostiqsimon o’simliklar tarqalgan. Toshqo’rg’on qishlog’idan Sharqdagi qismi Hisor qo’riqxonasi xududiga qarashli. Qolgan qismi yaylov sifatida foydalaniladi. Beshnov yon bag’ridan Oqquodinsoy, Qoronko’lsoy, Suluvsoy, Mirquruq, Novterax va boshqa soylar boshlanadi.