Shirach nimani anglatishini bilasizmi

Shirach nimani anglatishini bilasizmi – lolaguldoshlar oilasiga mansub, bo’yi 60-180 sm ga yetadigan ko’p yillik o’t o’simlik. Markaziy Osiyoning tog’li hududlarida tog’larning etagidan o’rta qismigacha bo’lgan yumshoq tuproqli qiyaliklarda o’sadi. Xalq tabobatida bargi va ildizi ishlatiladi. Tarkibida S vitaminni, karotin, organik kislotalar, ko’p miqdorda eremuran polisaxaridi, alkaloidlar, shirach (yelim), bo’yoq va boshqa moddalar bor. Bargi xalq orasida yel haydovchi, ildizi – me’da-ichak kasalliklarida dori sifatida qo’llaniladi. Ildizidan olingan polisaxarid-eremuran dorishunoslik amaliyotida yog’ emulsiyalari tayyorlsh uchun emulgator sifatida ishlatiladi.

Fikr bildirish