BESHURUG’
BESHURUG’ —o’rtapishar jaydari qovun navi. Palagi ingichka, shakli kalta, tuxumsimon (bo’yi 16-23 santimetr), og’irligi 1,5—2,5 kilogramm, sirti och yashil, serto’r, sal tilim-tilim. Po’sti qattiq, kam et (3,5— 4 santimetr), shirin. Urug’ xonasi katta, urug’i o’rtacha, sarg’ish. Beshurug’ tarkibida 12-12,5% qand bor. Hosildorligi 180-220 tsentner/gektar. Hosili urug’i unib chiqqandan so’ng 88-95 kunda pishib yetiladi. Beshurug’ Farg’ona vodiysida ko’proq ekiladi.