BJEZINSKIY

BJEZINSKIY (Brzezinski) Zbignev (1928.28.3, Varshava)—amerikalik sotsiolog, davlat arbobi; 1977-81 yillarda AQSh Prezidenti J. Karterning milliy xavfsizlik bo’yicha yordamchisi. 70-yillarda Amerika jamiyatini post industrial jamiyat ko’rinishlaridan biri bo’lgan texnotron davr deb atalgan eraga kirish nazariyasini ilgari surgan. Neokonservatizm namoyandasi. Bjezinskiy kommunizmni keskin tanqid qilib chiqqan.