BIDL

BIDL (Beadle) Jorj Uels (1903 1989) — amerikalik genetik. Tsitologiya va genetika, shuningdek metabolizmning genetik nazorati, irsiyatning fizik va kimyoviy asoslari sohasida tadqiqotlar olib borgan, genlarning tabiati va funktsiyalarini har tomonlama o’rgangan. «Bir gen — bir ferment» kontsepsiyasining mualliflaridan biri (har bir gen faqat bitta ferment sinteziga javob beradi, 1941). Nobel mukofoti laureati (1958; E. Teytem bilan hamkorlikda).